Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muammolarni ijobiy yechish maqsadida yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi
янв.21
Mahalladagi infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala muhokama etildi.
янв.21
Deputatlik nazorati – budjet intizomining muhim omili
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuazasidan doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-47-sonli qarori ijrosi doimiy komissiyada muhokama etildi.
янв.21
Muammolarni ijobiy yechish maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Hashar elga yarashar
Deputat narx-navolar va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati N.Shomatov «Mo‘yi-muborak» mahallasidagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan ham tanishdi.

Deputat hududdagi go‘sht savdosi bilan shug‘ullanuvchi savdo nuqtasida bo‘lib, narx-navolar holatini o‘rgandi hamda xaridorlar va fuqarolarning fikr-mulohazalarini tingladi.

Shuningdek, mahalladagi tikuvchilik sexi faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. U yerda mehnat qilayotgan xotin-qizlar uchun yaratilgan ish sharoitlari, bandlik masalalari va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.

Sex rahbari bilan muloqot davomida tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

Mahallalarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar deputat nazoratida davom etmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2