🇺🇿 Muammolarni ijobiy yechish maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
✅ Saylov okrugida yashovchi fuqarolarning murojaatlari asosida hududda elektr energiyasi ta’minotidagi mavjud muammolar, xususan, kuchlanishning pastligi va buning oqibatida aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar tuman Kengashi deputati Z.Tog‘ayeva tomonidan o‘rganildi. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, elektr tarmoqlaridagi kuchlanishni yaxshilash, aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash choralarini ko‘rish maqsadida tuman ETK rahbari Yu.Aliyev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
✅ Deputatlik so‘rovida muammoni bartaraf etish, elektr tarmoqlarining texnik holatini o‘rganish hamda zarur hollarda transformator va elektr uzatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish masalalari ko‘tarildi.