Hashar elga yarashar
✅✅✅ Tuman Kengashi raisi B.Xaitovning tashabbusi bilan Boshrabot mahallasida irrigatsiya tizimlarini yaxshilash, suvdan samarali foydalanish hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida hashar yo‘li orqali ariqlarni betonlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur ishlar natijasida suv yo‘qotilishining oldi olinib, ariqlarning o‘tkazuvchanlik qobiliyati oshirilmoqda. Shuningdek, hududlarni obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilashga ham xizmat qilmoqda.