Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muammolarni ijobiy yechish maqsadida yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi
янв.21
Mahalladagi infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala muhokama etildi.
янв.21
Deputatlik nazorati – budjet intizomining muhim omili
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuazasidan doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-47-sonli qarori ijrosi doimiy komissiyada muhokama etildi.
янв.21
Muammolarni ijobiy yechish maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Hashar elga yarashar
"Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi “Xumson” va “Ugam” mahallalariga birikitrilgan xotin-qizlar faoli X.Saidazimova faoliyati Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi O.Babayev tomonidan o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida “Xumson” mahallasida ro‘yxatga olingan 70 nafar hamda “Ugam” mahallasidagi 40 nafar "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash holati, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb qilish, ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.
 Shuningdek, "Ayollar daftari"ga kiritilgan fuqarolarning murojaatlari o‘z vaqtida ko‘rib chiqilayotganligi, ularning bandligini ta’minlash va daromad manbaini yaratish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

🔺Tahlillar natijasida xotin-qizlarning bandligini yanada oshirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kreditlar va subsidiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, ijtimoiy xizmatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3