Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Y.Narbekov tomonidan tumanning “Aydarali” mahallasiga biriktirilgan xotin-qizlar faoli G.Suyerovaning ish faoliyati o‘rganildi.
🔺O‘rganish jarayonida xotin-qizlar faoli tomonidan mahalladagi ehtiyojmand oilalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar, ishsiz ayollar hamda yosh qizlar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb qilish, oilaviy muammolarni bartaraf etish va huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
🔺Deputat mahalladagi bir qator xotin-qizlar bilan suhbatlashib, ularning turmush sharoiti, bandlik masalalari va mavjud muammolarini o‘rgandi. Suhbatlar davomida bildirilgan murojaat va takliflar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish uchun nazoratga olindi.