Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuazasidan doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-47-sonli qarori ijrosi doimiy komissiyada muhokama etildi.
янв.21
Muammolarni ijobiy yechish maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Hashar elga yarashar
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Aholi murojaatini ijobiy hal etish maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
JAMBUL MAHALLASIDAGI LOYIHA IJROSI NAZORATGA OLINDI: ISHLAR JADALLASHTIRILMOQDA

 Urganch shahridagi “Jambul” mahallasi hududida tashlandiq holatda yotgan maydonni obod qilish bo‘yicha belgilangan drayver loyihaning boshlanish bosqichi biroz sust ketayotganligi aniqlandi.  

Shu sababli, Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi P.Ro‘ziboyev mahalla raisi ishtirokida hududga chiqib, mavjud holatni joyida atroflicha o‘rgandi. 

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan shahar hokimi B.Radjapovga batafsil axborot berildi. Loyihaning ijrosini tezlashtirish va ishlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha shahar hokimligi bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. 

Olib borilgan muzokaralar va hamkorlikdagi sa'y-harakatlar tufayli bugunning o‘zida hududga hamkor tashkilotlarning 10 ta maxsus texnikasi safarbar etilib, amaliy ishlar boshlab yuborildi. Ertadan e’tiboran hududda belgilangan barcha bunyodkorlik loyihalari yuqori sur’atlarda davom ettiriladi. 

Slide 1 of 2