Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muammolarni ijobiy yechish maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Hashar elga yarashar
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Aholi murojaatini ijobiy hal etish maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 1-5-iyun kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashining 2026-yil IYUN oyida amalga oshirilishi belgilangan ishlar rejasi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
“Abdurahmon Jomiy” mahallasida o‘rganish: Maishiy farovonlik va xavfsizlik nazoratda

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov Kengash deputati A.Tog‘aymuratov saylov okrugiga qarashli “Abdurahmon Jomiy” mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordilar.

💬 Tadbir davomida mahalla hayoti va osoyishtaligida eng muhim o‘rin tutuvchi ikki bo‘g‘in faoliyati mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida atroflicha ko‘rib chiqildi:

💬 Mahalla raisi faoliyati:
🟢Hududdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi, "mahallabay" tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligi tahlil qilindi.

💬 Profilaktika inspektori faoliyati:
🟢Mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash hamda xonadonlar kesimida profilaktik targ‘ibot ishlarini olib borish holati ko‘zdan kechirildi.

💬 Deputatlar o‘rganish yakunida mahalla faollarining ish samaradorligini oshirish, ayniqsa, muammolarni aniqlashda "mahalla yettiligi"ning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdilar. Hududni jinoyatchilikdan xoli va aholi uchun eng tinch maskanga aylantirish asosiy maqsad ekanligi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 2