Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muammolarni ijobiy yechish maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Hashar elga yarashar
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Aholi murojaatini ijobiy hal etish maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 1-5-iyun kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashining 2026-yil IYUN oyida amalga oshirilishi belgilangan ishlar rejasi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
MAHALLA FAOLLARI BILAN YAQIN HAMKORLIK: HUDUDDAGI IJTIMOIY MASALALAR QANDAY HAL ETILMOQDA?

MAHALLA FAOLLARI BILAN YAQIN HAMKORLIK: HUDUDDAGI IJTIMOIY MASALALAR QANDAY HAL ETILMOQDA?

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining o‘zlari saylangan hududlarda aholi muammolarini o‘rganish va mahallabay ishlash tizimi samaradorligini tahlil qilish borasidagi uchrashuvlari izchil davom etmoqda.
Kuni kecha tuman Kengashi deputati M.Nazarova o‘zi saylangan okrug hududidagi «Chakkako‘li» mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallaning «yettilik» tizimi vakillari bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida asosiy e’tibor mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, aholi bandligini ta’minlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga qaratildi. Xususan, deputat tomonidan mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish davomida xotin-qizlar faolining mahalladagi ayollar bilan olib borayotgan manzilli ishlari, jumladan:
·         «Ayollar daftari» ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash;
·         Ayollarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish;
·         Oilaviy ajrimlarning oldini olish va xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish borasidagi ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.
Deputat sohada erishilgan natijalarni e’tirof etish bilan birga, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar ajratilishiga ko‘maklashish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xotin-qizlariga tizimli yordam berishni yanada kuchaytirish bo‘yicha o‘z tavsiya hamda takliflarini bildirdi.
Mahalla «yettiligi» bilan bu kabi yaqin hamkorlikdagi o‘rganishlar hududdagi ijtimoiy masalalarni tezkor va samarali hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3