Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuazasidan doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-47-sonli qarori ijrosi doimiy komissiyada muhokama etildi.
янв.21
Muammolarni ijobiy yechish maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Hashar elga yarashar
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Aholi murojaatini ijobiy hal etish maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Har yili 1-iyun sanasida butun dunyo bo‘ylab Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni nishonlanadi. Bu sana nafaqat yozning ilk kuni, balki mehr, e’tibor va muhabbatga eng ko‘p loyiq bo‘lgan bolajonlar uchun bag‘ishlangan muhim bayramdir.

Ushbu kun ilk bor 1950-yilda nishonlana boshlangan. Uning ildizi esa 1949-yilda Parijda bo‘lib o‘tgan Ayollarning Xalqaro demokratik federatsiyasi kongressida “Bolalar baxti – tinchlik garovi” shiori ostida yangragan da’vatga borib taqaladi.

Urushdan keyingi notinch yillarda bolalar salomatligi, osoyishtaligi va himoyasi jahon hamjamiyati oldida dolzarb masalaga aylangan edi. 1989-yilda esa BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Bolalar huquqlari to‘g‘risida Konvensiya qabul qilindi. Bu hujjat butun dunyo bo‘ylab bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni huquqiy asosda kafolatlab berdi.

Bugun esa biz har bir bolaga mehr berish, asrash va ularning baxtli kelajagi uchun mas’ul ekanimizni unutmasligimiz lozim. Chunki bolalar – ertamiz, umidimiz va jamiyatimizning eng bebaho boyligidir.

1-iyun – Xalqaro bolalar kuning bilan, aziz bolajonlar!

Slide 1 of 1