Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Umumta’lim maktabi faoliyati jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganishlar davom etmoqda.
янв.21
Tibbiyot birlashmasi jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar doimiy komissiyalarda muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi XVI sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokama qilindi.
янв.21
Boysun tumani Boshrabot mahallasi “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”ga aylaytirilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati, Oliy Majlis Senati a’zosi Suvonova Dilbar Nabiyevna o‘zi saylangan Darband okrugidagi Xo‘jabulg‘on mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Deputatlar ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o'rganmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi 15-sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
🔔 Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi 14-sessiyasi boʻlib oʻtdi
Kuz–qish mavsumi uchun ajratilgan ko‘mir sifati bo‘yicha deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati Xodjiqulov Sahobiddin Sirojiddinovich tomonidan tumandagi ijtimoiy soha obyektlarida kuz–qish mavsumi uchun ajratilgan ko‘mirning sifati yuzasidan deputatlik nazorati o‘tkazildi.

Nazorat-tahlil jarayoni davomida Yangihayot MFY hududidagi 8-umumta'lim maktabi hamda 9-sonli davlat maktabgacha ta'lim muassasasida yetkazib berilgan ko‘mir namunalari belgilangan texnik va sifat talablariga muvofiqligi bo‘yicha o‘rganildi. Jumladan, ko‘mirning umumiy holati, namligi hamda issiqlik berish xususiyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi hamda ijtimoiy soha obyektlarining qish mavsumida barqaror faoliyatini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Mazkur yo‘nalishdagi deputatlik nazorati ishlari belgilangan reja asosida davom ettiriladi.

Slide 1 of 4