Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi XVI sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokama qilindi.
янв.21
Boysun tumani Boshrabot mahallasi “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”ga aylaytirilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati, Oliy Majlis Senati a’zosi Suvonova Dilbar Nabiyevna o‘zi saylangan Darband okrugidagi Xo‘jabulg‘on mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Deputatlar ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o'rganmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi 15-sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
🔔 Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi 14-sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
“Partiyaning dasturiy maqsadlarini saylovchilar o’rtasida keng targ’ib qilish bo’yicha” davra suhbati o’tkazildi.
янв.21
🔔 Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi 13-sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
🔔 Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi 12-sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi 15-sessiyasi boʻlib oʻtdi

 Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi 15-sessiyasi boʻlib oʻtdi. 

Sessiya kun tartibida қуйидаги masalaлар koʻrib chiqildi: 

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Surxondaryo viloyatini kompleksijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 13-dekabrdagi PQ-438-son qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida. 

2. Tuman prokuraturasi tomonidan 2025-yilning 9 oyi davomida qonuniyliknimustahkamlash, jinoyatchilikka va huquqbuzarlikka qarshi kurashni tashkil etish, fuqarolarning
huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
 

3. Tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2025-yilning 9 oyi davomidajinoyatchilikning har bir soha va turi bo‘yicha oldini olish, omillarini bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida. 

4. O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-son qonunining tumandagi ijrosi yuzasidan Kadastrlari palatasi tuman filiali boshlig‘i M.Jo‘rayevning hisoboti to‘g‘risida. 

5. Deputat so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlarini ko‘rib chiqish va ularyuzasidan qarorlar qabul qilish to‘g‘risida. 

6. 2025-yilning 9 oyi davomida “Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari ijrosi” yuzasidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i Z.Raxmonovning hisoboti to‘g‘risida. 

7. Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samaralinazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan 2025-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Uluqov Behzod Raxmatilloyevichning hisoboti to‘g‘risida. 

8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-yanvardagi Aholiniijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risidagi PF-17-sonli farmoniga asosan tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risida. 

9. Yoshlar muammolarini hal qilish, bandligini ta’minlash bo‘yicha mahallalardagi yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv va muloqotlar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar
yuzasidan tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Husanov Abdulfattoh Muxamadiyorovichning hisoboti to‘g‘risida.
 

10. Tumandagi ijtimoiy soha obyektlari, maktabgacha va maktab ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonlarini yanada takomillashtirish, muassasalarning moddiy-texnik bazasi, pedagogik kadrlar salohiyati, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy komissiya ishini tashkil etish to‘g‘risida. 

11. Boysun tumanidagi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2026-yildaishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga
qo‘yish to‘g‘risida.
 

12. Boysun tumanidagi fermer xo‘jaliklari va boshqa suv iste’molchilarga 2025-2026 yillar novegetatsiya davrida sug‘orish ishlari uchun ajratilgan suv limitini
tasdiqlash to‘g‘risida.
  

13. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqidagi” hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarining Boysun tumanidagi ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deputatlik guruhi tomonidan o‘rganish natijalari to‘g‘risida. 

14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev huzurida 2025 yil 13 fevral kuni yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish va aholining jismoniy faolligini oshirish bo‘yicha berilgan topshirig‘ining tumanda
ijrosini muhokama qilish to‘g‘risida.
 

15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-141-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida. 

16. Tuman Adolat-sotsial demokratik partiyasitomonidan “Yoshlar salomatligi partiyae’tiborida” loyihasi jamoatchilik nazoratitartibida yoshlar salomatligiga zararlibo‘lgan “fast food” mahsulotlari hamda gazlangan energetik ichimliklarni maktablaratrofida hamda ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan joylardasotish doirasida Boysun tumani Sanitariya-epidemiologikosoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limi tomonidan tuman maktablaridagi taomlarsifati hamda sanitariya talablariga qat’iy rioya etilayotganlik holatining nazoratito‘g‘risida. 

Kun tartibiga qo‘yilgan masalalar muhokama etilib, ko‘rilgan masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar eshitildi hamda qarorlar qabul qilindi.   

Slide 1 of 9