Tibbiyot birlashmasi jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganildi.
Xalq deputatlari tuman kengashining 2025-yil 3-noyabrdagi “Tumandagi ijtimoiy soha obyektlari, maktabgacha va maktab ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonlarini yanada takomillashtirish, muassasalarning moddiy-texnik bazasi, pedagogik kadrlar salohiyati, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy komissiya ishini tashkil etish to‘g‘risida”gi VII-15-112-8-110-K/25-sonli qarori ijrosini ta’milash maqsadi tasdiqlangan reja-grafik asosida tuman tibbiyot birlashmasida o‘rganish olib borildi.
Tuman Kengashidan iborat ishchi guruh tomonidan tibbiyot birlashmasining shoshilinch tez yordam, diagnostika, genekologiya bo‘limlari jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganildi. Tasdiqlangan reja-grafik asosida o‘rganish ishlari davom ettiriladi.