Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
💬 Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi 19-sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Umumta’lim maktabi faoliyati jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganishlar davom etmoqda.
янв.21
Tibbiyot birlashmasi jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar doimiy komissiyalarda muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi XVI sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokama qilindi.
янв.21
Boysun tumani Boshrabot mahallasi “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”ga aylaytirilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati, Oliy Majlis Senati a’zosi Suvonova Dilbar Nabiyevna o‘zi saylangan Darband okrugidagi Xo‘jabulg‘on mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Deputatlar ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o'rganmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi 15-sessiyasi boʻlib oʻtdi
CHINOZ TUMANI. DEPUTAT TOMONIDAN QONUNLAR IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Lazizjon O‘tkirov tomonidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasining Chinoz filialida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarining ijro etilishi holati o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-son Qonuni hamda “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-son Qonuni ijrosi holati atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, fuqarolar va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarni qabul qilish, ularni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish, murojaat mualliflariga qonuniy va asosli javoblar berish hamda murojaatlar ijrosini nazorat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, murojaatlar bilan ishlashda qonun talablariga qat’iy rioya etilishi holati o‘rganildi.

Bundan tashqari, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam hamda ushbu qonun ijrosida uchrayotgan muammoli masalalar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish va qonunlar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish ishlari qonun ustuvorligini ta’minlash, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va fuqarolar huquqlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, bu kabi nazorat tadbirlari kelgusida ham izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3