Deputat o'z saylovchilariga III chorak yakunlari bo'yicha axborot berdi
🌐Joriy yilning 18- oktyabr kuni Pastdarg‘om tumanida joylashgan 65-umumta'lim maktab binosida Xalq deputatlari viloyat Kengashiga 41- saylov okrugidan saylangan deputat Inobat Bobokulova tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berildi.
✅Yig‘ilishda Adolat Sosial Demokratik partiyasi tuman kengashi raisi Xonbuvi Hayitova, Xalq Demokratik Partiyasidan saylangan tuman Kengashi deputati Dilnoz Djabbarova, Sanchiqul, Ilm, Mehnat, Temirxo‘ja mahalla fuqarolari yettiligi va fuqarolari ishtirok etishdi.
✨Uchrashuvda saylovchilarga uchinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
✅Uchrashuvdan so‘ng deputatlar tomonidan ijtimoiy soha obyektlari ko‘zdan kechirilib, muammo va takliflar o'rganildi.
✅ @sam_vil_deputatlari