Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisiIbrohim Qarshiboyev tuman hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari A.Nishonov bilan birgalikda havoning sovushi munosabati bilan tuman tibbiyot birlashmasida amalga oshirilayotgan kuz - qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari va bemorlar uchun yaratilgan
sharoitlarni o‘rgandi.
O‘rganish davomida isitish tizimlari, dori vositalari zaxirasi hamda bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasi rahbariga tavsiyalar berildi. Mazkur ishlar aholiga sifatli va uzluksiz tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga xizmat qiladi.