Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
янв.21
Mahalliy davlat hokimiyati va vakillik organlari faoliyatini rivojlantirish — 2030 yilgacha mo‘ljallangan muhim strategiya
янв.21
Bugungi deputatning siyosatdagi roli
янв.21
Инвестиционная политика Нового Узбекистана: ключевые инициативы в выступлениях Президента
янв.21
🇺🇿 Yangi O‘zbekistonda investitsiya siyosati: Prezident nutqlaridagi asosiy tashabbuslar
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Vengriyaga rasmiy tashrifi: ikki tomonlama munosabatlarda yangi bosqich
янв.21
Ta’limdagi islohotlar deputatlar e’tiborida.
янв.21
Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda
янв.21
Ta’lim tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”

 Barchaga
ma’lum, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yilning sentabrida Barqaror rivojlanish
bo‘yicha o‘tkazilgan sammitida qabul qilingan 70-son rezolyusiyasiga muvofiq, shuningdek,
2030-yilgacha
bo‘lgan davrda BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil
amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi “2030-yilgacha
bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
 

Shu
bilan birga, O‘zbekiston Barqaror rivojlanishning Beshinchi maqsadini amalga oshirish
doirasida “Gender tenglikni ta’minlash hamda barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini
kengaytirish”ga oid to‘qqizta vazifani ishlab chiqdi.
 

Beshinchi
maqsadning vazifalariga (Gender tenglik) muvofiq, 2030-yilga kelib barcha xotin-qizlarga nisbatan
kamsitishlarning har qanday shakliga barham berish, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy
hayotda qarorlar qabul qilishning barcha darajalarida ayollarning to‘liq va samarali
ishtirokini va yetakchilik qilish uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash zarur. Bundan
tashqari, ushbu maqsad davlatning turli darajalarida Davlat dasturlarini qabul qilish
jarayonida gender tenglik tamoyillarini joriy qilishni o‘z ichiga oladi.
 

So‘nggi
yillarda gender tenglikni ta’minlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi
rolini oshirish bo‘yicha ishlar bir necha yo‘nalishlarda olib borilmoqda:
 

• ayollar huquqlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish; 

• ayollarni himoya qilishning institutsional asoslarini
takomillashtirish;
 

• aholining gender tenglik va ayollar huquqlari to‘g‘risida
xabardorligini oshirish;
 

• huquqni qo‘llash amaliyotida ularga rioya etilishini
ta’minlash uchun mas’ul mansabdor shaxslarni tegishli huquqiy me’yorlar asosida
o‘qitish.
 

O‘zbekistonda bir qator qonun hujjatlari, jumladan, Prezidentning
xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash, xususan, gender tengligi va ayollarni zo‘ravonlik
va zulmdan himoya qilish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqomini kuchaytirish
to‘g‘risidagi farmon va qarorlari qabul qilingan.
 

Gender tengligini joriy qilish nuqtai nazaridan ta’limdagi
ijobiy siljishlarni alohida ta’kidlash kerak. Ya’ni, 2017-yildan
boshlab aksariyat oliy o‘quv yurtlarida turli mutaxassisliklar bo‘yicha sirtqi bo‘limlar
faoliyati tiklandi. Ta’limning ushbu shakli yosh ayollarga bolalarni parvarish qilish
va boshqa oilaviy majburiyatlarni bajarishga xalal qilmasdan oliy ma’lumot olish
imkoniyatini beradi.
 

Fursatdan foydalanib, Prezident Shavkat Mirziyoevning
2019-yil iyun oyida Oliy Majlis Senatidagi nutqidan iqtibos
keltirishni o‘rinli deb bilaman:
 

“Meni kishilarimizning ongida paydo bo‘lgan stereotip ko‘p
o‘ylantiradi. Odatda biz ayolni avvalambor ona, oila qo‘rg‘onining qo‘riqchisi sifatida
hurmat qilamiz. Bu, shubhasiz, to‘g‘ri. Ammo bugun har bir ayol oddiy kuzatuvchi
emas, balki mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarning faol va
tashabbuskor ishtirokchisi ham bo‘lishi kerak”.
 

Shu kuni Prezidentning taklifiga binoan, mamlakat tarixida
ilk bor Senat raisligiga ayol kishi – Tanzila Norboeva saylandi. Ma’lumki, Norboeva
xonim O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston Xotin-qizlar
qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlagan.
 

Mazkur
sohadagi qonunchilik choralariga to‘xtaladigan bo‘lsak, O‘zbekistonda xotin-qizlar
huquqlarini ta’minlash va himoya qilishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish
maqsadida 2019-yil
sentabr oyida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari
to‘g‘risida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi
Qonunlar qabul qilindi. BMTning deyarli barcha agentliklari, jumladan BMT Taraqqiyot
Dasturi, BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (YuNFPA), BMT Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF),
BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi, BMTning Narkotik moddalar
va jinoyat boshqarmasi, Xalqaro migratsiya tashkiloti ushbu ikki qonun bo‘yicha
o‘z izoh va takliflarini berishdi.
 

Gender
tenglik bo‘yicha institutsional choralarga kelsak, ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Senati tarkibida ayollar huquqlarini ta’minlash va kamsitishning
har qanday shakliga barham berish bo‘yicha milliy qonunchilikda xalqaro standartlarni
uyg‘unlashtirish bilan shug‘ullanuvchi yangi Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari
qo‘mitasi tashkil qilingan. Bundan tashqari, mehnatga oid huquqlarning kafolatlari
va qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, uydagi zo‘ravonlik qurbonlariga yordam
berish maqsadida Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish
va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi
va Xotin-qizlar tadbirkorligi markazi, Hukumat huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot
markazi kabi yangi tuzilmalar tashkil topdi.
 

Mazkur
yangi tashkil etilgan barcha institutsional mexanizmlar O‘zbekiston Xotin-qizlar
qo‘mitasi bilan birgalikda BMT Konvensiyasiga muvofiq ayollar huquqlari, gender
tengligi va xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarga barham berishning yagona yaxlit
mexanizmiga aylanishi masalaning muhim tomonidir.
 

Ta’kidlash
joiz, qabul qilingan normativ-me’yoriy hujjatlar va amaliy chora-tadbirlar O‘zbekistonning
gender siyosati sohasidagi muhim qadamidir va u qonunchilik hamda amaliyotning xalqaro
me’yor va standartlariga to‘liq mos keladi, shu bilan birga, ularning bir qismi
BMTning inson huquqlari bo‘yicha idoralari tavsiyalariga asoslangan.
 

Ayniqsa,
“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning
qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu Qonun ko‘p yillik muhokamalardan so‘ng qabul qilindi.
Qonun oiladagi zo‘ravonlik qurbonlariga yordam berish, ularga boshpanalar ajratish,
ishonch telefonlari va nafaqat jismoniy zo‘ravonlik, balki psixologik yoki iqtisodiy
jinoyatlar bo‘yicha majburiy javobgarlikka tortish orqali ayollarni himoya qilish
uchun asosdir. Bunday choralar, xususan, BMTning inson huquqlari bo‘yicha idoralari
tomonidan uzoq vaqt davomida tavsiya qilib kelingan.
 

Gender siyosatining monitoringi va samaradorligini baholash
sohasida www.gender.stat.uz saytida qo‘shimcha 54 ta gender ko‘rsatkichlarini kiritish
orqali muhim o‘zgarishlar ro‘y berdi.
 

Shu bilan birga, ushbu yo‘nalishda davomiy izchil ishlarni
amalga oshirish talab etiladi. Bu yerda nafaqat qabul qilingan ko‘rsatmalar, balki
ularning xalqaro majburiyat va standartlarga muvofiqligi, joylarda o‘z vaqtida va
aniq bajarilishi ham muhim axamiyatga ega.
 

Shu ma’noda, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda qarorlar
qabul qilishning barcha darajalarida ayollarning to‘liq va samarali ishtirok etishini
ta’minlash bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish zarur.
 

Binobarin, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda
imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi va “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan
himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlarning bajarilishini ta’minlash uchun “Yo‘l xaritalari”ni
qabul qilish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Gender tengligi bo‘yicha milliy
strategiyani qabul qilish rejasi ham mavjud. BMT agentliklari gender tenglik va
kamsitmaslik masalalarida, shu jumladan maxsus hujjatlarni rejalashtirish, ishlab
chiqish va amalga oshirish, yangi kodekslarning maxsus qoidalarini – jinoiy, protsessual
va ijro etuvchi bosqichlarni ishlab chiqishda bundan keyin ham ko‘mak berishga tayyor.
 

Shuningdek, qabul qilinayotgan u yoki bu darajadagi hujjatlarning
ayollar va erkaklar uchun bir me’yorda bo‘lishiga erishish uchun qonunchilikning
gender ekspertizasini o‘tkazish majburiyligini ta’minlash muhimdir.
 

O‘z navbatida, biznes inkubatorlari bilan bir qatorda,
ayollarni ta’lim va fan sohasida rag‘batlantirish, shuningdek, STEM (Fan, texnologiya,
muhandislik, matematika) laboratoriyalar yaratish orqali ularni tabiiy va texnik
fanlar sohasiga jalb qilish choralarini ko‘rish zarur. Bu, o‘z navbatida, ayollarning
bandligini, zamonaviy mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi.
 

Qabul qilinayotgan chora-tadbirlar mamlakatning barcha
hududlari va xotin-qizlarning barcha toifalarini qamrab olishi kerak. Xususan,
2030-yilgacha bo‘lgan davrda BMT Global kun tartibining Barqaror
rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish kun tartibidagi tamoyillarni, ayniqsa,
“hech kimni ortda qoldirmaslik” tamoyilini hisobga olgan holda, har xil kamsitish
shakllariga moyil bo‘lgan xotin-qizlarning holatiga alohida e’tibor qaratish dolzarb
masaladir. Bu yerda mamlakatning chekka hududlaridagi qishloqlardagi xotin-qizlarga,
etnik ozchilik guruhlari, nogironlar, OIV/OITSga chalingan ayollar, ozodlikdan mahrum
qilish va cheklash joylaridagi xotin-qizlarga (shu jumladan qamoqxonalar, pansionatlar,
qariyalar uylari va ruhiy kasalliklar shifoxonalari), inson huquqlari himoyachilari,
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va qochqinlarga asosiy e’tibor qaratiladi.
 

Ayni paytda BMTning O‘zbekistondagi agentliklari o‘rtasidagi
hamkorlik doirasida gender masalalari bo‘yicha maxsus guruh faoliyati yo‘lga qo‘yilgan
bo‘lib, uning tarkibiga BMTning deyarli barcha agentliklari vakillari kiritilgan.
Masalan, yuqorida qayd etilgan Qonunlarga berilgan tavsiyalar hali loyiha paytida
guruh ishining bir qismi edi. Ushbu guruh faoliyati misolida BMT agentliklari boshqa
qonun hujjatlarini ishlab chiqishda yordam berishga doim tayyor.
 

Bundan tashqari, konferensiya, videorolik, O‘zbekiston
Xotin-qizlar qo‘mitasi qoshidagi yuridik klinika, ijtimoiy tarmoqlar kabi turli
formatlarda ayollar muammolari to‘g‘risida xabardorlikni oshirish bo‘yicha ko‘plab
tadbirlar kun tartibidan joy olgan. Bu borada “Taraqqiyot strategiyasi markazi va
boshqa nodavlat tashkilotlar bilan ham faol hamkorlikda ish olib borilmoqda.
 

O‘z navbatida, O‘zbekistondagi BMTning jamoasi ayni paytda
barcha milliy hamkorlar va boshqa manfaatdor tomonlarning keng maslahatlashuvlari
bilan ishlab
chiqilayotgan
“2021-2025-yillarga mo‘ljallangan Barqaror rivojlanish hamkorlik dasturi” doirasida
gender tenglikni ta’minlash uchun mamlakatga har tomonlama yordam berishda davom
etadi.
 

Slide 1 of 1