Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muammolarni ijobiy yechish maqsadida yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi
янв.21
Mahalladagi infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala muhokama etildi.
янв.21
Deputatlik nazorati – budjet intizomining muhim omili
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuazasidan doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-47-sonli qarori ijrosi doimiy komissiyada muhokama etildi.
янв.21
Muammolarni ijobiy yechish maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Hashar elga yarashar
“Millat fidoyilari" kitobi va "Shon-sharaf" davlat muzeyi albomi taqdimoti o‘tkazildi

 Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Bekobod shahar bo‘linmasi hamda Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi kotibiyati bilan birgalikda shaharda joylashgan 9226-son harbiy qismda maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida harbiy xizmatchilar ishtirokida "Millat fidoyilari" kitobi hamda O‘zbekiston Respublikasi "Shon-sharaf" davlat muzeyi tomonidan chop etilgan kitob-albomning taqdimoti o‘tkazildi. Mazkur taqdimotlar orqali Vatanimiz mustaqilligi, tinchligi va taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan millat qahramonlarining hayoti, jasorati va o‘lmas xotiralari harbiy xizmatchilar e’tiboriga havola qilindi. Tadbir ishtirokchilari ushbu nashrlar orqali milliy g‘urur, tarixiy xotira va vatanparvarlik tuyg‘ularini chuqur his etdilar. Taqdimot yakunida harbiy xizmatchilar tomonidan kitoblarga katta qiziqish bildirilib, ularning mazmun-mohiyati yuzasidan faol fikr almashildi. Bunday uchrashuvlar yosh avlod qalbida vatanparvarlik, tarixiy ong va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi  

Slide 1 of 3