Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Uchrashuv davomida mahalla hayotiga oid dolzarb masalalar muhokama qilinib, fuqarolarning taklif va tashabbuslari tinglandi. Xususan, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga munosib nomzodlarni aniqlash va saylash jarayonlarini tashkil etish, shuningdek, mahalla hududida piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida yangi piyodalar yo‘lagi qurish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Shuningdek, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mahallada mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan zarur choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 3