2026-yil 22-iyun kuni Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R.Ziyayev 11-Guliston saylov okrugi hududidagi “Ishchilar” mahallasida bo‘lib, fuqarolarning murojaatlari va mavjud muammolarini o‘rgandi.
O‘rganish davomida Paxtaobod ko‘chasi 2-uyda yashovchi To‘xtaxon Mahmudova xonadoniga tashrif buyurilib, yashash sharoiti bilan tanishildi. Fuqaro uyining ta’mirtalab holga kelgani hamda hovli joyi kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda amaliy yordam so‘radi.
Murojaat yuzasidan uy-joyni ta’mirlash bo‘yicha ijtimoiy daftarlar orqali ko‘mak ko‘rsatish hamda kadastr hujjatlarini tayyorlash masalasida tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi.
Mazkur o‘rganishda shahar Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mutaxassislari, mahalla raisi va hokim yordamchisi ishtirok etdi.
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi sari muhim qadam.