Yig‘ilish davomida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdagi 27-sessiyasiga kiritilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi. Jumladan, Aholini ichimlik suv bilan taʼminlash darajasini oshirish, suv tizimi uzluksizligini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida “Sirdaryo suv taʼminoti” AJ Boyovut tumani bo‘limi faoliyatini o‘rganish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Mazkur yo‘nalishda:
➡️ tegishli tashkilotlar faoliyatini o‘rganish maqsadida savolnoma ishlab chiqish,
➡️ masalalarni chuqur tahlil etish uchun alohida ishchi guruh tuzish,
➡️ joylarga chiqib o‘rganish ishlarini tizimli tashkil etish vazifalari belgilandi.
Shuningdek, o‘rganish jarayonlariga Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolarini keng jalb etish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish kelishildi.