“Paxtakor” mahallasi hududida joylashgan 9-OShPda Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati X.Shayimova, tuman Nogironlar jamiyati hamda Sirdaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida deputatlik so‘rovi asosida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rik jarayonida Guliston tibbiyot klasterining 12 nafar malakali shifokori ishtirok etib, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda mahalla fuqarolaridan 100 nafarga yaqin aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.
Ko‘rik davomida fuqarolarning salomatlik holati o‘rganilib, zarur tavsiya va maslahatlar berildi. Shuningdek, aniqlangan kasalliklar bo‘yicha tegishli yo‘nalishlarda davolanish va sog‘lomlashtirish choralari yuzasidan tushuntirishlar olib borildi.