Deputat Karomat Karimova tashabbusi bilan A. Navoiy mahallasida joylashgan ichimlik suvi ta’minoti tizimini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, suv quvurlarini dezinfeksiya qilish va tozalash ishlari tashkil etilib, ichimlik suvi sifatini yaxshilash choralari ko‘rilmoqda.
Mazkur jarayonda maxsus vositalar qo‘llanilib, suv tarkibidagi zararli mikroorganizmlar va ifloslanish omillarini bartaraf etish orqali aholini toza va xavfsiz ichimlik suvi bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Olib borilayotgan ishlar natijasida hududda ichimlik suvi sifatini yaxshilash, sanitariya-gigiyena holatini mustahkamlash hamda aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilishga xizmat qilmoqda.