Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani A. Navoiy mahallasi A. Navoiy Shox ko‘chasi bo‘ylab piyodalar yo‘lakchasini barpo etish masalasi yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Mazkur o‘rganishda tuman deputati Karomat Karimova hamda Boyovut tumani qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i ishtirok etib, hududning mavjud holati atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganishlar natijasida piyodalar uchun qulay va xavfsiz infratuzilma yaratish maqsadida yo‘lakcha qurilishi bo‘yicha loyihalashtirish ishlari boshlab yuborildi.

Kelgusida ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida hudud aholisi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratilishi ko‘zda tutilmoqda.

Slide 1 of 3