Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

“Mirishkor” mahallasi “Mehnat” ko‘chasida joylashgan ichimlik suvi tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik deputat Gulsara Rizayeva tashabbusi bilan tezkorlik bilan bartaraf etildi.

➡️ Mazkur muammo yuzasidan fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar asosida deputat tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi hamda mas’ul tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Natijada, qisqa muddatda nosozlik aniqlanib, zarur ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

➡️ Ko‘rilgan choralar natijasida hudud aholisi ichimlik suvi bilan barqaror ta’minlanishi tiklandi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish, aholi turmush sharoitini yaxshilash yo‘lidagi ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4