📌 Sherobod tumanida huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi.
🗂 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bosh mutaxassisi S. Ochilov hamkorligida 8-son Bolalar musiqa va san’at maktabida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
🎓 Tadbir davomida maktab jamoasiga amaldagi qonunchilik, fuqarolarning huquq va majburiyatlari, shuningdek, ta’lim muassasalarida huquqiy madaniyatni oshirish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
📖 Shuningdek, maktab ma’muriyati bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan huquqiy masalalar yuzasidan zarur tavsiyalar va amaliy yordamlar ko‘rsatildi.