Yangiliklar

“Yoshlar kuni” munosabati bilan joylarda sport musobaqalari o‘tkazildi

“Yoshlar kuni” munosabati bilan joylarda sport musobaqalari o‘tkazildi

🔹Bugun “Yoshlar kuni” munosabati bilan joylarda keng qamrovli uchrashuv va tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, “Begobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ommaviy sportga jalb etish hamda sog‘lom turmush tarziga ijobiy munosabatini shakllantirish maqsadida sport musobaqalari o‘tkazildi.

🔹Mazkur tadbir doirasida stol tennisi, shaxmat va voleybol kabi sport turlari bo‘yicha bellashuvlar tashkil etilib, yuzlab sportsevar yoshlar faol ishtirok etdi. Musobaqalar yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlashga xizmat qildi.

🔹Shuningdek, tadbirlar jarayonida tuman Kengashi deputatlari Oliyaxon Asqarova hamda Umidjon Madumarovlar tomonidan olib borilayotgan ishlar bevosita nazorat qilinib, tashkilotchilik darajasi va yoshlar ishtiroki alohida e’tiborga olindi. Bu esa tadbirlarning sifatli va samarali o‘tkazilishini ta’minladi.

🔹Umuman olganda, o‘tkazilgan sport musobaqalari yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ularni zararli odatlardan yiroq tutish hamda ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashi

Slide 1 of 1