Deputat va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
🔹 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri Oliyaxon Asqarova hamda"13-Begobod" saylov okrugidan xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan deputati Umidjon Madumarov o‘z saylov okrugidagi Begobod MFY da mahalla yettiligi va saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🔹Uchrashuvda aholini qiynayotgan kundalik muammolar muhokama qilindi. Saylovchilarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha aniq rejalar tuzildi. Qaysi masala qanday tarzda hal etilishi belgilab olindi.
🔹Deputat tomonidan mahalla faollari bilan birga ishlash, murojaatlarni nazoratga olish va natijalar haqida aholini xabardor qilib borish muhimligi ta’kidlandi.
🔹Kun tartibidagi masalalar deputat ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.
Xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashi