“Jo‘langar” hamda “A.Navoiy” mahallalari hududlarini o‘zaro bog‘lovchi asosiy yo‘l bo‘yida ekilgan daraxt va buta ko‘chatlarining holati deputat Umurzoq Yarlakabov hamda tegishli mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida atroflicha o‘rganildi va nazorat qilindi.
O‘rganish jarayonida ko‘chatlarning parvarishlanishi, sug‘orish tizimi, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi hamda ularning tutib ketish darajasi alohida e’tiborga olindi. Shu bilan birga, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ko‘chatlarni asrab-avaylash va ularning barqaror o‘sishini ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.