Yangiliklar

#murojaat #o'rganish #yechim

Xalq bilan muloqot qilish va aholi muammolarini o‘rganish deputatlik faoliyatining bosh mezoni hisoblanadi. Shu maqsadda, "Namuna" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati yuzasidan sayyor o‘rganish tashkil etildi.

Unda Xalq deputatlari shahar Kengashi okrug deputati Ravshan Sidiqovning vakili, Kotibiyat bosh mutaxassisi hamda mahalla raisi ishtirok etishdi.

🤝Natija nima bo‘ldi?

Ishchi guruh masalani bevosita joyiga chiqqan holda tahlil qildi. Fuqaro tomonidan bildirilgan takliflar atroflicha ko‘rib chiqilib, zarur tushuntirishlar berildi. Amalga oshirilgan sa'y-harakatlar natijasida fuqaro ko‘targan masala o‘z yechimini topdi.

Slide 1 of 2