Mazkur o‘rganish jarayonida maktabdagi ta’lim sifati va yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xususan, sinfxonalarda o‘rnatilgan zamonaviy monitoring ekranlari, ularning ta’lim jarayonidagi samaradorligi alohida e’tiborga olindi. Shuningdek, maktab kutubxonasining bugungi holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar va kitob fondining holati ham o‘rganildi. Zamonaviy axborot-resurslar bilan ta’minlangan kutubxona yoshlarning bilim olishiga xizmat qilayotgani qayd etildi.Deputat tomonidan aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.