Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 14-Kayran saylov okrugi deputati Rustam Primqulov, Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximkulov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Mahliyo Choriyevalar tomonidan hududdagi 8-maktab faoliyati o‘rganildi .O‘rganishlar jarayonida o'quvchilar uchun yaratilgan shart -sharoitlar. Jumladan, sport inshootlari, umumta’lim maktablaridagi sport zallari, mavjud sport anjomlari hamda kutubxonalar faoliyati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Mazkur o‘rganishlar hududda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada yaxshilashga xizmat qiladi.