Yangiliklar

Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

🔹Sessiyaga xalq deputatlari shahar Kengashi raisi Osimxon Axmatshayev raislik qildi. Unda Farg‘ona viloyat Kengashi deputatlari Shavkat Ermatov, Zebixon Gʻofurova, shuningdek shahar hokimining o‘rinbosarlari, tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

🔹Sessiya kun tartibiga (https://t.me/kengash_margilon/2418) muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalar kiritildi. Jumladan, shaharda yoshlar muammolarini tizimli hal etish, ularning bandligini ta’minlash maqsadida 2026-yil fevral oyida hokim va yoshlar uchrashuvlari doirasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

🔹Shuningdek, “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda hukumat qaroriga muvofiq, Marg‘ilon shahridagi 738 ta geografik obyekt — ko‘chalar, tor va berk ko‘chalarni nomlash borasidagi ishlar yuzasidan hisobot tinglandi.

🔹Sessiyada 2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish, barqaror ish o‘rinlari yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari ham muhokama markazida bo‘ldi.

🔹Bundan tashqari, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish, avval qabul qilingan ayrim qarorlarga o‘zgartirishlar kiritish hamda deputat vakolatini muddatidan oldin tugatish masalalari ko‘rib chiqildi.

🔹Sessiya davomida deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 10