Yangiliklar

Tungi reyd va profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Joriy yilning 26-mart kuni Uchquduq tuman Kengashi deputati Malika Xudoyberdiyeva, tuman Ichki ishlar bo‘limi hamda Milliy gvardiya xodimlari, shuningdek Do‘stlik MFY yoshlar yetakchisi hamkorlikda tungi reyd tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida hududda jamoat tartibini saqlash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Reyd jarayonida fuqarolar, ayniqsa yoshlar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ularga qonunchilik talablariga rioya etish, turli salbiy holatlardan yiroq bo‘lish yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 5