NAVOIY SHAHRIDA ANIQLANGAN MUAMMOLAR YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
Joriy yilning 26-mart kuni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xasanova Gulshan Zokirovna tomonidan hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganish jarayonida bir qator muammolar aniqlandi. Jumladan, A. Temur ko‘chasi 36-uy orqa qismida joylashgan savdo shoxobchasi tomonidan oqova suv yo‘lagi to‘liq ko‘mib tashlangan. Shuningdek, ushbu hududda orqa tomondagi katta maydon tekislanib, qo‘shimcha noqonuniy binolar qurilgani kuzatildi.Bundan tashqari, G‘alaba ko‘chasi 109-uy orqa qismidagi yo‘lakning holati qoniqarsiz ekani aniqlanib, fuqarolar uchun noqulayliklar keltirib chiqarmoqda.A. Temur ko‘chasi 40-uy yerto‘la qismida ham muammoli holatlar mavjud bo‘lib, mazkur hududda sanitariya va texnik talablarga rioya etilmayotgani ma’lum bo‘ldi.Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Mazkur masalalar deputat tomonidan nazoratga olindi.