Yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📢 Deputat nazorati davomida yo‘l muammosi aniqlandi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 25-Tallashqon saylov okrugi deputati O. Tursunov 2026-yil 24-mart kuni “Boyqishloq” mahallasida navbatdagi deputatlik nazoratini amalga oshirdi.

🔍 Nazorat jarayonida “Boyqishloq” mahallasi, “Dehqonobod” qishlog‘idagi ichki ko‘chaning taxminan 300 metr qismi ta’mirtalab ekanligi aniqlangan. Ayniqsa, yog‘ingarchilik mavsumida yo‘l harakatlanish uchun qiyin holga keladi.

👥 Fuqarolar ushbu yo‘lni ta’mirlash bo‘yicha amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan. Shu asosda muammo deputat nazoratiga olingan va Obodonlashtirish boshqarmasi Sherobod tuman bo‘limiga deputat so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 4