Yangiliklar

Mahalla infratuzilmasi va ijtimoiy muammolar o‘rganildi

 🔹Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi raisi Sattarxo‘ja Akbarov, kotibiyat mudiri Laziz Turanov “Yangibog‘” mahalla fuqarolar yig‘inidagi mahallalarda yashovchi aholi vakillari va mahalla faollari bilan uchrashib, mahalla infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda ijtimoiy muammolarni hal etish masalalarini o‘rgandilar. 

🔹Deputat L.Turanov tomonidan “Uchko‘prik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Fidokorlar” ko‘chasida qish mavsumi va yog‘ingarchilik davrida zarar yetgan 400 metr masofadagi asfalt qoplamasida paydo bo‘lgan chuqurlarni ta’mirlash yuzasidan mutasaddilarga deputatlik so‘rovi yuborildi. 

   

Slide 1 of 1