Deputatlik
nazorati — ijro intizomi va adolat kafolati
🔹 Farg‘ona tuman Kengashining ichki
yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha qabul qilingan qarori ijrosi joylarda amalda qanday
bajarilayotgani deputatlar tomonidan bevosita o‘rganildi.
🔹 Tuman Kengashi deputatlari Sh.
Raximov, Q. Makarov, O. Dadajonova, F. Omonovalar hududlarga chiqib, Oqtom, Guliston,
Ulug‘bek, Dilkusho va Farg‘ona MFYlarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan deputatlik
nazoratini olib bordi.
🔹 O‘rganishlar natijasida ayrim
mahallalarda ta’mirlash ishlari bajarilgan bo‘lsa-da, Farg‘ona MFYda bu ishlar amalga
oshirilmagani aniqlandi. Bu esa qaror ijrosida kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatadi.
🔹 Aniqlangan muammolarni bartaraf
etish maqsadida mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborishga kelishildi.
🔹 Deputatlik nazorati — bu aholi
manfaati, adolat va ijro intizomini ta’minlashning muhim mexanizmi hisoblanadi.