Yangiliklar

SAYLOVCHILAR MUROJAATI E’TIBORDA: “OQOSTONA” MAHALLASIDAGI MUAMMO HAL ETILDI

SAYLOVCHILAR MUROJAATI E’TIBORDA: “OQOSTONA” MAHALLASIDAGI MUAMMO HAL ETILDI Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Kamolov Azamjon Sobirjonovichga “Oqostona” mahallasi aholisidan jiddiy murojaat kelib tushgan edi. Fuqarolar mahalla ko‘chalarida qarovsiz va daydi itlarning ko‘payib ketgani, bu holat ayniqsa maktab o‘quvchilarining hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirayotganidan xavotir bildirgan edilar.

Ushbu masala yuzasidan deputat tomonidan mutasaddi tashkilotlarga yuborilgan deputatlik so‘roviga javob keldi.

Natija: So‘rovga asosan tegishli xizmatlar tomonidan hududda o‘rganish ishlari olib borildi. Daydi itlarni zararsizlantirish va aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha aniq choralar ko‘rilishi belgilandi.

Deputatimiz aholi osoyishtaligi va farzandlarimiz xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarni shaxsan nazorat qilib bormoqda.

Slide 1 of 1