Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

⚫️Deputatlar saylov okruglaridagi faoliyati davomida hududlarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning borishini, yangi qabul qilingan qonunlarning mohiyati va ahamiyatini etkazmoqda.

⚫️Xususan, tuman deputati Olimjon Jumanazarov hamda viloyat deputati Abdurasul Bababekovlar ham xalq bilan muloqot qilish, joylardagi mavjud muammolarni mahallabay, xonadonbay o‘rganish maqsadida "Muqumiy" mahallasida bo‘ldi.

⚫️Ochiq va yuzma-yuz muloqotlar chog'ida fuqarolarning murojaatlari ham tinglandi. Mahalliy aholi vakillaridan kelib tushgan qator murojaatlar shu erning o‘zida hal etildi. Yechimi uzoq vaqt talab etadiganlari esa deputatlik nazoratiga olindi. Eng muhimi, hech bir fuqaroning murojaati e'tiborsiz qolmadi.

Slide 1 of 3