Yangiliklar

Fuqarolar manfaati yo‘lida deputatlik so‘rovi

📅 Joriy yilning 3-mart kuni Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, tuman Kengashi deputati X.Tilakov tomonidan 4-Sovot saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

✅Uchrashuv davomida saylovchilar Sovot QFY hududida joylashgan oilaviy shifokorlik punktini zamonaviy laboratoriya tekshiruv uskunalari bilan ta’minlash bo‘yicha murojaat bilan chiqishdi.

✅ Mazkur murojaat yuzasidan X.Tilakov tomonidan Yangiobod tuman tibbiyot birlashmasi rahbariga deputatlik so‘rovi yuborilib, masala nazoratga olindi.

✅ Ushbu masalaning ijobiy hal etilishi natijasida kasalliklar erta bosqichda aniqlanadi, o‘z vaqtida va aniq tashxis qo‘yish imkoniyati kengayadi.

Slide 1 of 2