#Doimiy_komissiya_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tomonidan tumanda “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hamda “Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armasi mablag‘larining maqsadli sarflanish holatini o‘rganish masalasi yuzasidan doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda jamg‘armalar mablag‘larining ajratilishi, ularning belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha sarflanishi, amalga oshirilgan loyihalar va erishilgan natijalar atroflicha muhokama qilindi.
Doimiy komissiya a’zolari tomonidan mablag‘lardan foydalanishda shaffoflikni ta’minlash, manzillilik va samaradorlikni oshirish, nazorat mexanizmlarini kuchaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)