#Doimiy_komissiya_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tomonidan “Samarqand suv ta’minoti” AJ Payariq tuman filiali faoliyati doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish maqsadida doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda filialning korrupsiyaga qarshi olib borayotgan ishlari, xodimlar o‘rtasida shaffoflikni ta’minlash, ichki nazorat tizimini mustahkamlash, fuqarolarning murojaatlari bilan samarali ishlash bo‘yicha choralar batafsil ko‘rib chiqildi.
Doimiy komissiya a’zolari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ichki nazorat tizimini kuchaytirish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)