Deputatlar tomonidan mahalla muammolari o‘rganildi
Bugun Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashi deputatlari hamda “5-Kosiblar” saylov okrugi deputati hamkorligida Kosiblar mahallasining ichki muammolari o‘rganildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra quyidagilar aniqlandi:
Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidan Sharafli ko‘chasiga qadar bo‘lgan masafada mavjud yog‘och sim yog‘ochlar eskirganligi sababli fuqarolarga uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashda баъзи ҳолларда uzilishlar yuzaga kelayotganligi;
Aholini tozza ichimlik suvi bilan ta’minlashda Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidan Ma’naviyat ko‘chasi orqali Omonlik ko‘chasiga qadar bo‘lgan suv quvuri 1979 yilda o‘tqazilganligi hozirgi kunda vaqti-vaqti bilan quvurlarning yorilishi natijasida muammolar yuzaga kelayotganligi;
Kosiblar mahallasi Yangi O‘zbekiston massividagi qurilgan ko‘p qavatli uylarning atrofidagi ichki yo‘llarni asfaltlash zarurati borligi;
Tuman hokimligi va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tez kunlarda aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralari kelishib olindi.