Yangiliklar

Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan Bobur MFY Sohibkor ko‘chasi fuqarolarining ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda suv bosimining pastligi hamda ayrim paytlarda ta’minotda uzilishlar kuzatilayotgani aniqlandi. Deputatlar mas’ul tashkilot vakillari bilan birgalikda mavjud holatni muhokama qilib, muammoni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilab olindi.

Mazkur masala yuzasidan tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi deputatlar tomonidan nazoratga olindi.

Slide 1 of 3