Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi a’zosi, senator Zokirjon Raxmanov xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv jarayonida hududiy vakillik organlari ishini yanada takomillashtirish, ularning samaradorligini oshirish hamda qarorlar qabul qilishda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Kengash sessiyalarida mutasaddi tashkilotlar hisobotlarini eshitish va ularni tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilish amaliyotini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3