Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tuman Kengashi deputatlari tomonidan Boyovut tumanida pilla yetishtirish bilan shug‘ullanayotgan pillakorlar faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

Xususan, “Navbahor”, “Olmazor”, “A.Navoiy” hamda “S.Ayniy” mahallalarida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari hamda xonadonlarda bo‘lib, pilla parvarishi jarayoni, yaratilgan sharoitlar va mavjud muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi. 

Shuningdek, sohada samaradorlikni oshirish, yetishtirilayotgan mahsulot hajmini ko‘paytirish hamda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Mazkur o‘rganishlar hududlarda pillachilikni yanada rivojlantirish, soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash va ularning mehnatini munosib rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 10