Yangiliklar

Deputat va aholi ochiq muloqotda

Хalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati O‘tkir Shukurov tomonidan "Do‘rmonsoy" mahalla fuqarolari bilan navbatdagi ochiq uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida aholini qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, infratuzilmani yaxshilash, bandlikni ta’minlash, ta’lim va tibbiyot sohalariga oid murojaatlar tinglandi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir taklif va muammo deputat tomonidan diqqat bilan qayd etildi hamda qonunchilik doirasida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish choralari belgilandi.

Bunday uchrashuvlar aholi bilan muloqotni mustahkamlash, joylardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va samarali hal etishga xizmat qilmoqda.

 Deputat — xalq ichida, xalq dardi bilan!

Slide 1 of 2