Yangiliklar

MILLIY ARMIYA — ONA YURT QALQONI, TINCHLIGIMIZ POSBONI!

MILLIY ARMIYA — ONA YURT QALQONI, TINCHLIGIMIZ POSBONI!

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 29-dekabrdagi qaroriga muvofiq, 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni etib belgilangan. Ushbu sana munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi Uzun tumanida ham koʻtarinki ruhda nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan Uzun tumanidagi DXX chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismda tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Unda tuman hokimligi, harbiy qism shaxsiy tarkibi hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Tadbirda tuman hokimi Xabibulla Bozorov soʻzga chiqib, harbiy xizmatchilarga esdalik sovgʻalarini topshirdi.

Qisqa tarixiy davrda Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari zamonaviy talablarga javob beradigan, ixcham, harakatchan va yuqori jangovar tayyorgarlikka ega boʻlgan professional armiya sifatida shakllanib, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ishonchli taʼminlab kelmoqda. 

Slide 1 of 1