Deputat nazorat tahlil tadbirlarida.
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 18-Do‘rmancha saylov okrugi deputati A.Umurzaqov o‘z saylangan hududi, Do‘rmancha mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Bag‘dod tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazorat o‘rnatish maqsadida, dasturlarga kiritilgan 1-chorak bajarilishi belgilangan loyihalar joyiga chiqib o‘rganildi. Shuningdek, dasturga kiritilgan loyihalar ijrosini sifatli ta’minlash yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.