Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Bugun, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengash huzuridagi Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda deputatlarning xizmat faoliyatida odob-axloq me’yorlariga rioya etilishi, reglament talablarining bajarilishi hamda ichki tartib-qoidalarning amaldagi holati atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, komissiya a’zolari tomonidan dolzarb masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar berilib, kelgusi vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 7